Iya, Lutfulla To‘raev faoliyatini yakunladi

  • 27 dekabr, 2023, 15:24
  • 2
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi, 2013 yil "Bunyodkor" bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Lutfulla To‘raev futbolchilik karerasini yakunladi.

To‘raev yakuniga etgan mavsumni Farg‘onaning "Neftchi" klubi safida o‘tkazdi. Faoliyati davomida u, shuningdek, "Mash’al", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Felda Yunayted", "Terengganu" va OKMK kabi klublarida to‘p tepdi. To‘raev "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "OKMK" safida umumiy hisobda 4 bor mamlakat kubogiga ega chiqdi.

Lutfulla To‘raevning kelgusi faoliyatida omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
27/12/2023 16:49
Хайрлашув матчи бўлмайдими
&
voxid tursunov
27/12/2023 19:37
Эх Энди Нима булади ?