Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston milliy terma jamoasida yubiley o‘yinini o‘tkazdi

  • 13 sentabr, 2023, 17:20
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Meksika termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda jamoalar 3:3 hisobida jangovar durang o‘ynadi.

Bellashuvni asosiy tarkibda boshlagan Jaloliddin Masharipov uchun bu bosh jamoamizdagi yubiley 50-o‘yin bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Jaloliddin "oq bo‘rilar" tarkibida 50 ta uchrashuvda 11 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan. Qanot yarim himoyachisi 2016 yil Iroqqa qarshi bahsda debyut qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
13/09/2023 17:35
Шомуродов нега майдонга тушмадийкин