Jasur Yaxshiboevga Portugaliyaning nomdor jamoasidan taklif bor. Xaridor kuchli uchlikda yuradi!

  • 29 noyabr, 2021, 17:21
  • 2
  • Futbol

Bir necha kun avval, Moldovaning "Sherif" klubi a’zosi Jasur Yaxshiboev "Futbol" telekanalidagi "Offside" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi kelgusi rejalari borasida fikr bildirdi.

Yaxshiboev qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirish rejasi borligini aytdi.

- Menda hozir 2-3 ta variantlar bor. Hozir ochiqchasiga qaysi klublar ekanligini ayta olmayman. Barchasi aniq bo‘lsa keyin gapirish mumkin.

Qaysi davlat? Portugaliyadan! Ushbu mamlakat chempionatida kuchli uchlikda yuradigan klub. Ya’ni, "Portu", "Benfika", "Sporting" kabilardan biri.

Bundan tashqari boshqa jamoalardan ham takliflar bor. Lekin hammasi kishki transferlar davrida oydinlashadi. Shu payt boshqa jamoaga o‘tishim mumkin. "Legiya" baribir meni yaxshi taklif bo‘lsa sotadi.

Transfermarktdagi narxim 750 ming evro. Biroq sotadigan va oladigan tomon o‘zaro kelishib, narx belgilaydi. Bu uzog‘i 2 million evrogacha bo‘lishi mumkin, - dedi Yaxshiboev.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Yaxshiboevning transfer huquqi Polshaning "Legiya" klubiga tegishli. Hamyurtimiz hozir Moldovaning "Sherif" safida ijara asosida faoliyat yuritmoqda.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shavkat Pardaev
30/11/2021 10:39
Жасурга омад.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
29/11/2021 18:46
Agar o‘tib qolsa bormi zo‘r bo‘lar edida faqat tezroq trvmangni yahshi qil