JCh-2022. Belgiya terma jamoasida ichki nizolar boshlangan

  • 29 noyabr, 2022, 17:35
  • 0
  • Futbol

Belgiya 22-jahon chempionatida avvalgi natijani qayd eta olmasligi mumkin. Garchi Martines shogirdlari birinchi turda Kanadani mag‘lub qilgan bo‘lsa-da, ularning imkoniyati past baholanmoqda. Bunga asosiy sabab ichki muhitning buzilishi, deb ko‘rsatilmoqda.

“RTL info” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tibo Kurtua va De Bryuyne hamon bir-biri bilan gaplashmaydi. Trossardning esa Azar bilan aloqalari yaxshi emas. Ustiga-ustak, Mishi Batshuayi ham Romelu Lukaku bilan so‘zlashmay qo‘ygan.

Chempionat boshlanishidan oldin De Bryuyne tarkibni qari, deb ta’kidlagandi. Azar esa himoyachilarni tez yugura olmasligini aytgan. Shuningdek, Marokashga qarshi bahsdan so‘ng Vertongen hujumchilar haqida salbiy fikrlar bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyani uchinchi turda Xorvatiyaga qarshi hal qiluvchi uchrashuv kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!