JCh-2022. Eron murabbiyi jamoasining yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?

  • 21 noyabr, 2022, 23:44
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Angliya - Eron (6:2) uchrashuvidan so‘ng forslar ustozi Karlush Keyrush matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi.

"2018 yilgi mundialda muxlislar bizni juda ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlagandi. Hozir bunday qilishni istamaydiganlar uylarida qolsin. Shogirdlarim atrofida sodir bo‘layotgan voqealar barchaga ma’lum.

Bunday holatda konsentratsiyani bir erga jamlash juda mushkul. Vaziyat futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular ham odam.

Shogirdlarimdan juda ko‘p narsani talab qilish to‘g‘ri emas. Ular o‘z xalqiga g‘urur va quvonch keltirmoqchi. Siz yigitlar so‘nggi kunlar ichida o‘yinga tayyor bo‘lish uchun nimalarni boshidan o‘tkazayotganini tasavvur ham qilolmaysiz",-dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!