JCh saralashi. Daniya raqib darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi, Ispaniya dramatik bellashuvda so‘nggi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi (boshqa natijalar)

  • 28 mart, 2021, 23:01
  • 0
  • Futbol

JCh-2022 saralashi Evropa qit’asi miqyosidagi so‘nggi bosqichda hozirgina 2-turning bir qator bellashuvlari yakunlandi. Jumladan, Daniya o‘z maydonida Moldovani qabul qilib, 8:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. 

Angliya Albaniya maydonida 2:0 hisobida zafar quchdi. Xarri Keyn va Meyson Mauntning gollari "uch sherlar"ga muhim 3 ochko taqdim etdi. 

Tbilisida Gruziya Ispaniyadan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Birinchi taymda Xvicha Kvaratsxeliya tomonidan kiritilgan golga ikkinchi bo‘lim davomida ispanlar Ferran Torres va Dani Olmoning gollari bilan javob qaytarishga erishdi. 

Armaniston Barsegyan va Bayramyanning gollari evaziga Islandiyadan ustun keldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!