"Jirona" Kataloniya derbisida "Barsa"ni engdi va "Real"ning chempionligini ta’minladi (video)

Ispaniya La Ligasining 34-turida “Jirona” o‘z maydonida “Barsellona”ni qabul qildi.

Kataloniya derbisida mezbonlar ajoyib kambek evaziga 4:2 hisobida zafar quchdi. “Jirona”ga g‘alaba olib kelgan gollarni Artyom Dovbik (4), Migel Guterres (67) va Kristian Portuges (65,74) kiritgan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar”ning javob gollariga Andreas Kristensen (3) hamda Robert Levandovski (pen. 45+1) kiritdi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Jirona” musobaqa jadvalida “Barselona”dan 1 ochko ko‘p jamg‘argan holda 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Jirona” hisobida 74, “Barselona” hisobida esa 73 ochko mavjud.

“Jirona” La Liga doirasidagi navbatdagi bahsini 11 may kuni safarda “Alaves”ga qarshi o‘tkazsa, “Barselona” 14 may kuni o‘z maydonida “Real Sosedad”ni qabul qiladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!