Joze Mourino APLga qaytishi mumkin

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"TeamTalk" nashrining ma’lum qilishicha, Joze xizmatiga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda. London klubi mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanadigan Devid Moyes bilan xayrlashmoqchi. Joze bungacha APLda "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" kabi jamoalarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Muorino yanvar oyida "Roma"dan xaydalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!