Kaka va Ronaldo Anchelottini Braziliya terma jamoasini boshqarishga undamoqda

  • 28 mart, 2023, 17:35
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchilari - Kaka va Ronaldo terma jamoaga italiyalik mutaxassisni taklif etish borasidagi izlanishlarida asosiy rol o‘ynamoqda. Ular Braziliya futbol konfederatsiyasi nomidan murabbiy bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Anchelotti mavsum oxirida "Real"ni tark etsa, Braziliya termasini boshqarishga tayyor. Uning Madrid klubidagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Murabbiy agar mavsum yakunida istefoga chiqarilmasa, jamoada qolishni istaydi.

Italiyalik murabbiyning "Real"dagi kelajagi ko‘p jihatdan jamoaning Chempionlar ligasidagi natijalariga bog‘liq. Agar madridliklar ketma-ket ikkinchi marta kubokni qo‘lga kiritsa, Anchelotti bilan 2024 yilgacha hisoblangan shartnoma hatto uzaytirilishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!