Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston U19 terma jamoasi Tojikistonga mag‘lub bo‘ldi

  • 6 sentabr, 2020, 18:36
  • 0
  • Futbol

Tojikistonning Xo‘jand shahrida yig‘in o‘tkazayotgan Timur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston U19 terma jamoasi bugun Tojikiston U19 jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

“Mustaqillikning 20 yilligi” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, 3 kun oldin bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan edi.

O‘rtoqlik o‘yini

Tojikiston U19 – O‘zbekiston U19 4:1

Gollar: Abdulmo‘min Zabirov (34 penaltidan), Salom Ashurmamadov (40), Rustam Soirov (83), Sunnatullo Ismoilov (90+1) – Ulug‘bek Hoshimov (87).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!