Kapadze: "Tiklanish jarayonini massaj va muz bilan amallayapmiz. Ovqat masalasida ham muammolar bor"

  • 1 oktabr, 2023, 17:54
  • 0
  • Futbol

Xabariniz bor, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida Saudiya Arabistonini mag‘lub qilib, yarim finalga yo‘l oldi. Mazkur o‘yindan keyin Timur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Raqibga deyarli imkon bermadik. Ikkinchi taymda imkoniyatlarimizni kutib, undan foydalanishga harakat qildik. Gol o‘tkazib yuborganimiz uchrashuv so‘nggiga qadar bizni asabiy holda bo‘lishimizga sabab bo‘ldi. Kamchiliklar har doim bo‘ladi. Buni ustida ishlaymiz. Asosiysi bugun bollarning ruhiy holati a’lo darajada edi". 

"Tiklanish. Biz deyarli har bir o‘yinda bu muammo bilan to‘qnash kelamiz. Tiklanish jarayonini massaj va muz bilan amallayapmiz. Shu bilan birga, ovqat masalasida ham muammolar bor. Shu paytgacha amallab keldik. Menimcha, bundan keyin ham hammasi joyida bo‘ladi". 

"Sariq kartochkalar bilan muammolarimiz yo‘q. Yarim finalda hamma qaytadi. Faqatgina Hojimat Erkinov bizga yordam bera olmaydi".

Keyingi raqib haqda:

"Ikkala jamoani ham ozmi-ko‘pmi bilaman. O‘yinlarini ko‘rdik. Ikkalasi ham kuchli jamoa. Ko‘ramiz, kim yarim finalga chiqar ekan. Mazkur bahsga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz", - dedi Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!