Katanets: Men futbolchilar bilan faxrlanaman va biz o‘sishda davom etamiz

  • 13 sentabr, 2023, 12:55
  • 4
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Meksikaga qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Uchrashuv yaxshi o‘tdi, ehtimol biz bundan-da ko‘prog‘iga munosib edik. Meksikadek terma jamoaga qarshi o‘yin biz uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Meksika juda kuchli va texnikali futbolchilarga ega jamoa.

Birinchi taymda raqibning bir qancha asosiy futbolchilari zaxirada qolgan bo‘lsa-da, ular yaxshi o‘yin namoyish etdi. Biroq yigitlardan xursandman, o‘yindan ko‘nglim to‘ldi, chunki aksar futbolchilarimiz klublarida etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan edi.

Umid qilamanki, keyingi oy Jahon chempionati saralash o‘yinlarigacha ular yanada yaxshiroq holatda bo‘lishadi. Men ular bilan faxrlanaman va biz o‘sishda davom etamiz”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
13/09/2023 13:55
Узбекистон МТЖ Жахон чемпионати иштирокчисига айланади
13/09/2023 14:56
Худо хохласа
&
Азизжон
13/09/2023 16:00
Олга Узбегим
&
Дувлан
13/09/2023 15:29
Хамма ўйинларда шундай ўйнаса,Осие чемпиони бўлади Х.х.са.