Yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini safarda Gruziyaga qarshi o‘tkazganidan xabardorsiz. Mazkur o‘yinda vakillarimiz o‘z darvozasidan o‘tkazib yuborilgan yagona gol evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu uchrashuv borasida albatta o‘ziga yarasha fikr va mulohazalar bildirilishi tabiiy. Shulardan kelib chiqib, ko‘zga ko‘ringan mutaxassislardan biri Dilshod Nuraliev Sports.uz uchun terma jamoamizning Gruziyaga qarshi o‘yini va yana boshqa jihatlar haqida munosabatini aytdi. 

- Gruziya O‘zbekistonga qarshi o‘ynashdan oldin Shvetsiyaga qarshi maydonga tushdi va bu raqibni 2:0 hisobida yutdi, - deya gap boshladi, mutaxassis. - Terma jamoamizga qarshi uchrashuvda gruziyaliklar aralash tarkib bilan o‘ynadilar. O‘sha bellashuvda futbolchilarimiz qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi. Baribir bu Evropa jamoasi bo‘lgani sababli o‘yinchilarining o‘yin saviyasi kuchliroqligi ko‘rinib turdi. Ammo bizning tarkibimiz ham ancha yoshardi. Katanets ko‘proq yoshlarga e’tibor beryapti. Chunki keyingi jahon chempionati saralashida asosan yoshlarga tayanilsa kerak. Tayyorgarligimiz to‘g‘ri ketyapti. Chempionatimizda o‘ynayotgan futbolchilarga e’tiborni oshiraverish kerak va shu bilan birga Superligamizning saviyasini oshirishimiz kerak. Ana shunda yaxshiroq o‘yinchilar etishib chiqadi. Hadeb xorijlik futbolchilarga tayanib qolinsa bu ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Legionerlarimiz o‘z klublarida har xil vaziyatda bo‘ladi, kimdir jarohat olishi mumkin, turli holatlar bo‘ladi. Lekin ko‘ryapmizki, Katanets terma jamoaga bir qancha yosh futbolchilarni jalb qilyapti. Chempionatimiz saviyasini oshirsa terma jamoamizga foyda bo‘ladi. Masalan, talabga javob beradigan maydonlarda o‘ynashimiz kerak. Oktyabr oyi kelishi zaxoti bizda maydonlar bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.

gruziya

- Srechko Katanets Evropadan kelgan, tajribali murabbiy. Hozir futbolchilarimizni o‘rganyapti. Darhol undan o‘rtoqlik uchrashuvlarida natija beradi deb o‘ylash noto‘g‘ri. Murabbiy tezroq 14-15 nafar futbolchilardan iborat jamoa negizini tanlab olishi kerak. Bunda o‘zimizni murabbiylar ham ko‘maklashishi lozim. O‘sha o‘zi tanlab olgan futbolchilarga qarab o‘yinni shakllantirishi kerak. U o‘z o‘yin uslubini yo‘lga qo‘ya oladi. Faqat iloji boricha o‘zimizni chempionatdagi o‘yinchilarga tayansa, to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylayman. Xorijdan kelayotgan o‘yinchilarimiz, masalan Doston Tursunov jarohat olib qoldi. Legionerlarimizga suyanadigan bo‘lsa, ular qanday holatda qaytishini bilmaymiz. Tursunov tuppa-tuzuk kelgandi, ammo mashg‘ulotda jarohat oldi. Balki organizmi charchagandir yoki tiklanish jarayonini to‘g‘ri qilmagan bo‘lishi mumkin. Shu sababdan Superligadagi o‘yinchilarga ham e’tibor qarataverish kerak.

gruziya1

- Hozircha terma jamoamiz o‘yinida katta yangilik sezilmayapti. Lekin meni ko‘rganim shuki, birinchi navbatda jamoa o‘yinida tartib paydo bo‘ldi. Hali qiqsa fursat ichida katta o‘zgarish ko‘zga tashlanmadi. Faqat har bir o‘yinchi o‘z pozitsiyasida berilgan ko‘rsatmalarni bajarishga harakat qilyapti. Lekin murabbiyni qo‘lidan keladi yoki kelmaydi, buni vaqt ko‘rsatadi. Aytyapman-ku, O‘zbekiston chempionatining saviyasini oshirishimiz lozim. Murabbiylar ham iqtidorli yoshlarga o‘yin amaliyotlarini berishi maqsadga muvofiq. “Paxtakor”da yaxshi saviyadagi yoshlar etishib chiqyapti. “Nasaf”da ham bor. Baribir vaqti kelib terma jamoa negizi shu jamoalarning tarbiyalanuvchilari tashkil qiladi. Katanets futbolchilar bilan yanada ko‘proq yig‘inlar o‘tkazsa, o‘ylaganlarini, fikrlarini etkazib berishi osonroq bo‘ladi. Evropada o‘yinchilar yuqori saviyadagi chempionatlarda to‘p surishgani uchun ular doim tayyor holatda bo‘lishadi. Shuning uchun u erdagi terma jamoalar qisqa muddatli yig‘inlarga to‘planishadi. Bizda esa vaziyat boshqacharoq. Katanetsga mashg‘ulotlar uchun ko‘proq yig‘inlar tashkil qilib bersak to‘g‘riroq bo‘lsa kerak.

gruziya2

- Oldin hujumchimiz yo‘q derdik. Maksim Shatskix, Ja’far Irismetov, Ulug‘bek Baqoev kabi futbolchilardan keyin bizda hujum chizig‘imiz pasayib ketgandi. Endi esa himoya chizig‘imiz...Aslida ularni kuchsiz deb bo‘lmaydi. Faqat jahon miqyosidagi talabga javob bermaydilar. O‘zimizni chempionatimizga moslashishgan. Bu meni fikrim. Iordaniya bilan uchrashuvda ahamiyat bergan bo‘lsangiz, raqib tezkor hujumga o‘tib ketayotganida himoyachilarimiz ulgurmay qoldilar. Pozitsion hujumlarda ham himoyada xato qilyapmiz. Bularning bari chempionatimiz saviyasini talabga javob bermasligidadir. Katanets to‘g‘ri aytgan, himoya chizig‘imizda muammolar ko‘p. Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Islom Qobilov, umuman hammasi o‘z klubida lider. Baribir xalqaro maydonda tajriba etishmay qolyapti. Biz Katanetsga yordam berishimiz kerak. Xorijdan kelgan, mentalitetimizni hali yaxshi bilmaydi. Yonida turib unga ko‘maklashishimiz darkor. Milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqsa, e’tibor yanada kuchayadi, - deydi Dilshod Nuraliev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/11/2021 02:40
Birinchi urunga poliyani tahlash. narmalni poliya kam. eng kulgulisi. PFL yilni boshiga aytdi stadiyona poliya talapka javob bermasa boshqa poliya utkaziladi dedi. Mashal yilni boshiga qarshi kelib uynadi Nasafni poliyasiga. lekin. hozir mana yana ayrim poliyala rasvo lekin PFL yuq. qanun bulmaganidan keyin fudbol buladi. ertaga Nasaf Sugdiyonaga poliyasiga uyinni bor. endi tasafur qilib kuravering. 24chiga Nasaf yana bitta muhim uyin kutmoqda kubik Uyin AGMK bilan. bachala miyasiga endi ertaga u poliyaga nima bulsa ham jarohat olmay degan fikr buladi. birinchidan kubik uyinni. ikkinchidan hamma malum Nasaf uyinchilari yosh uzini karirasi uchun ham jarohatdan qurqadi. chunki ayrimlari MTJ uyinchilari. qolganlari ham Nazardaki uyinchila. qisqasi. PFL. SALOM.