Katta Adashevning navbatdagi jang sanasi ma’lum. U AQSh vakiliga qarshi oktagonga ko‘tariladi

  • 21 sentabr, 2021, 08:30
  • 0
  • MMA

 UFCdagi iuuinchi o‘zbekistonlik jangchi Zarruh Adashevni barcha yaxshi taniydi. Biroq, uning akasi Shohruh Adashevning ham MMAda faoliyat yuritishini ko‘pchilik bilmasa kerak. Vaholanki, Shohruh ham AQSh oktagonlarida bir qator muvaffaqiyatli janglarni o‘tkazgan.

Jumladan, u "Ded Serius 34" promoushenining havaskor yo‘nalishidagi yarim o‘rta vazn chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritgan va professional yo‘nalishda ham faoliyatini boshlagan edi.

Orada biroz tanaffus bo‘ldi va ushbu yurtdoshimiz yana jang o‘tkazadigan bo‘ldi. U 22 oktyabr kuni AQShda "Lou Neglia" hamda "Ded Serius" promousheni hamkorligida tashkil qilinayotgan "Ring of Combat 74" turnirida oktagonga ko‘tariladi. 

Unga mezbonlar vakili Maykl Fitzroy raqiblik qiladigan bo‘ldi. 

shooo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!