Kavani: Ronaldu haqidagi fikrim o‘zgarmaydi!

  • 8 oktabr, 2022, 09:06
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”dan ketganidan keyin “Valensiya” tarkibiga qo‘shilgan Edinson Kavani sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

- Biz Ronaldu bilan juda yaxshi munosabatda edik. Ko‘p muloqot qilardik, birga ovqatlanardik, futbolni muhokama qilardik. Hayotimizda o‘xshash jihatlar ko‘p, ikkalamiz ham eng pastdan ko‘tarilganmiz.

Hayotiy falsafamiz ham bir biriga o‘xshaydi. U ajoyib yigit, u bilan yaqindan muloqot qilsangiz, buni his qilasiz. U doim futbol haqida o‘ylaydi, ikir-chikirlarigacha biladi.

Ronaldu meni kuchli qilgan. Yoshi mendan katta. Ha, u haqida har xil gaplarni gapirishadi, lekin men faqat ijobiylarini qabul qilaman. Uning ishga yondashuvi va tayyorgarlik jarayonidan o‘zimga kerakli darslarni olganman, - dedi Edinson Kavani.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!