Kilian Mbappe endi bu borada etakchi

  • 19 dekabr, 2022, 11:59
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati final uchrashuvi doirasida Frantsiya hujumchisi Kilian Mbappe xet-trik qayd etdi.

"Uch ranglilar" yulduzi mundiallarda 10 ta gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi. Frantsiyaliklar vakili 23 yoshu 363 kunligida bu ishni uddalab, Gerd Myullerni ortda qoldirdi.

Bu natijaga boshqa futbolchilar necha yoshda erishgan?

Gerd Myuller - 24 yosh 226 kun;
Shandor Kochish -24 yosh 282 kun;
Tomas Myuller - 24 yosh 298 kun;
Jyust Fonten - 24 yosh 314 kun;
Ronaldo- 25 yosh 277 kun;
Miroslav Kloze - 28 yosh 21 kun

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!