Klopp: Men hamon unga ishonaman!

  • 21 fevral, 2021, 00:30
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa darvozaboni Alisson Bekkerni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

- Hech narsa o‘zgargani yo‘q va men Alissonga ishonch bildirishda davom etaman. Hammamiz insonmiz. Uning oxirgi o‘yinlardagi xatolarini ko‘rdik. Albatta, Alisson o‘z ustida ko‘proq ishlashi kerak, zotan, hozir u aynan shu bilan band.

Xato hech kimga yoqmaydi. Alisson aqlli yigit va u buni to‘g‘ri tushunadi.Uning iste’dodiga shubham yo‘q, - dedi Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!