Koke ham Saudiya klublari radariga tushdi

  • 28 oktabr, 2023, 09:55
  • 0
  • Futbol

Saudiya klublari keyingi transfer oynalarida ham Evropa top-5 chempionatlaridan yoppasiga yulduzlarni jalb qilishni davom ettirmoqchi. "TodoFichajes" nashrining xabar berishicha, Madridning "Atletiko" klubi sardori Koke Saudiya Arabistoni vakillarining radarida.

Kokening "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. U butun faoliyatini Madrid klubida o‘tkazdi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 31 yoshli ispaniyalikni 16 million evroga baholamoqda.

"Atletiko" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!