Koke Pedri va Gavi haqida: "Ular afsungar"

  • 30 noyabr, 2022, 07:25
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasining tajribali yarim himoyachisi Koke sheriklari Pedri va Gavi haqida fikr bildirdi.

"Ularning har ikkisi afsungar. Ular o‘yinning borishini o‘zgartirib yubora oladi, to‘pni o‘zlarida yaxshi ushlab turadi va deyarli yo‘qotmaydi. Biz bu yoshlardan ko‘p narsani o‘rganishimiz mumkin. Ular ko‘pchiligimiz qilolmaydigan ishlarga qodir.

Pedri bilan jamoadosh bo‘lish ajoyib. Gavi odatda kiyim almashtirish xonasida yonimda o‘tiradi. Men unga doim yoshlarning maqsadlari ulkan bo‘lishi kerakligini, har bir lahzadan rohatlanish kerakligini uqtiraman",-dedi Koke.

Ma’lumot uchun, "qizil furiya" 4 ochko bilan "E" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Enrike shogirdlari so‘nggi turda Yaponiya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!