Konya-2021: Basketbol 3x3 bo‘yicha jamoamiz guruhdagi raqiblarini bilib oldi

Kelasi oy Turkiyaning Konya shahrida o‘tadigan Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etuvchi basketbol 3x3 bo‘yicha ayollar jamoamizning musobaqadagi raqiblari aniq bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qur’a natijasiga ko‘ra, qizlarimiz “V” guruhida Qirg‘iziston, Surinam va BAAga qarshi bahs olib borishadi. Barcha guruhlar:

“A” guruhi: Qatar, Uganda, Saudiya Arabistoni, Gambiya.
“V” guruhi: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Surinam, BAA.
“S” guruhi: Turkiya, Eron, Iordaniya, Senegal.
“D” guruhi: Turkmaniston, Indoneziya, Mali, Ozarbayjon.

Ma’lumot uchun, basketbol bo‘yicha 3x3 ayollar jamoamiz jahon reytingida 29-o‘rindan joy olgan. Qizlarimiz musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar orasida faqatgina Qatardan quyiroq reytingda xolos.

Jamoamiz tarkibi: Aliya Samatova, Elena Husnitdinova, Kristina Avdeeva, Natalya Koneva.

Ushbu sport turlaridagi bahslar 13-17 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!