"Konya-2021". O‘zbekistonlik basketbolchilar Afrika jamoalarini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Turkiyadagi Islom birdamlik o‘yinlari tobora yakuniga etib bormoqda.

3x3 basketbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi. Hamyurtlarimiz guruh bosqichi doirasida dastlab Malini 13:10, so‘ng Ugandani 12:10 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘l olishdi.

Endi ular bugun Eronga qarshi bahs olib borishadi. Vakillarimizga omad yor bo‘lsin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!