Kosta va Falkao yana bir jamoada to‘p tepadi

  • 12 avgust, 2022, 00:41
  • 0
  • Futbol

Asli Braziliyada tavallud topgan mashhur ispaniyalik hujumchi Diego Kosta La Ligaga qaytmoqda. U "Rayo Valekano" jamoasi bilan shartnoma imzolagani aytilmoqda. 

Tomonlar "1+1" ko‘rinishida kelishuvga erishgan. Ya’ni bir yillik shartnomani yana shuncha muddatga uzaytirish mumkin. Uning maoshi yiliga 1,5 million evroni tashkil etadi. 

Shuningdek, ushbu jamoada kolumbiyalik yulduz Radamel Falkao ham to‘p tepadi. Bu ikki futbolchi avval "Atletiko" va "Chelsi"da birga harakatlangan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!