Kurtua: "Alaba qo‘lini uzib tashlay olmaydi"

  • 8 yanvar, 2023, 10:00
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" klubi darvozaboni Tibo Kurtua "Vilyarreal" bilan o‘yindagi jamoasiga belgilangan penalti haqida gapirdi.

Madridliklar La Liganing 16-turidan o‘rin olgan mazkur bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. "Sariq submarina"ning ikkinchi golini Jerar Moreno bosh hakam Sesar Soto Grado tomonidan David Alabaning qo‘liga to‘p tekkani uchun belgilangan penaltidan kiritdi.

"Davidning qo‘li erda edi. Sababi, u sirpanib ketib, o‘rnidan turmoqchi edi. Hakam bu tayanch qo‘l ekanligiga ahamiyat bermadi.

Alaba qo‘lini uzib tashlay olmaydi. Bizga buni hech qachon qoidabuzarlik sifatida ko‘rsatishmagan", - dedi "qaymoqranglilar" posboni.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" Ispaniya chempionatida 16 ta uchrashuvda 38 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!