Kurtua: "Biz ularni Ispaniya kubogida mag‘lub qilamiz"

  • 20 mart, 2023, 03:19
  • 0
  • Futbol

La Liganing 28-turida ajyoib "el-klasiko" guvohiga aylandik. "Barsa" 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, chempionlik uchun muhim qadamni tashladi. 

Uchrashuvdan keyin Tibo Kurtua o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz ularni Ispaniya kubogida mag‘lub qilamiz. La Liga uchun ham oxirigacha kurashamiz. Hech narsa imkonsiz emas, lekin hozir buni amalga oshirish juda qiyin", - dedi belgiyalik darvozabon. 

"Real"ni oldinda "Valyadolid"ga qarshi bahs kutmoqda. FIFA kunlaridan keyin kubok doirasida yana bir "el-klasiko" bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!