Kurtua "Liverpul"ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 6 fevral, 2023, 15:40
  • 0
  • Futbol

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua katta ehtimol bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Bunga uning "Malorka"ga qarshi o‘yin oldidan olgan jarohati sabab bo‘lmoqda.

Kecha "Malorka"ga qarshi bellashuvda "qirollik klubi" darvozasini Andrey Lunin qo‘riqladi. Tibo mashg‘ulotlar paytida jarohat orttirib oldi. 

Bugun belgiyalik futbolchi tekshiruvdan o‘tadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u hatto Evropa chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Liverpul" bilan kechadigan bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Real" safida Karim Benzema, Eden Azar va Eder Militao ham ayni paytda jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!