Kurtua "Siti"ga qarshi jarohat bilan o‘ynagan. Uning qo‘l mushaklaridagi tomirlari yorilgan

  • 18 may, 2023, 16:09
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid darvozaboni Tibo Kurtua kecha "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda jarohat bilan o‘ynagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi. 

Kurtuaning "Siti" bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan "Xetafe"ga qarshi bahsda qo‘l mushaklaridagi tomirlari yorilib ketgan.

U tiklanish muolajalarini o‘tkazgan. Biroq bellashuvga to‘liq tayyor bo‘lmagan. Tibo o‘zidagi noqulayliklarga qaramay, o‘yinda 4 ta super seyv ijro etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Real" kecha "Manchester Siti"ga yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, chempionlar ligasi finaliga chiqish imkonini qo‘ldan boy berdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!