"Lester"ning sardori o‘zgardi

  • 12 avgust, 2021, 19:02
  • 0
  • Futbol

Darvozabon Kasper Shmeyxel “Lester”ning yangi sardori etib tayinlandi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojers aytib o‘tdi.

Vitse-sardor sifatida Jonni Evans tayinlangan.

Aytish lozimki, 2012 yildan buyon “Lester”ga sardorlik qilib kelayotgan 37 yoshli himoyachi Ues Morgan futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Shuni ta’kidlash joizki, Shmeyxel so‘nggi yillarda “Lester”ni bir necha bor sardor sifatida maydonga boshlab tushgan, chunki Morgan juda kam maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!