Levandovski kelasi mavsumni qaerda o‘tkazishini ma’lum qildi

“Barselona” to‘purari Robert Levandovski kelajagiga oid savollarga javob berib, kelasi mavsum qaerda o‘ynashini aniq aytdi.

- Hammasi ochiq-oydin, men kelasi mavsum ham “Barselona”da qolaman. Jurnalistlar bir kuni bir ma’lumotni yozadi, ertasiga umuman teskari xabar tarqatadi. Lekin mening masalamda hammasi aniq, - dedi Robert Levandovski.

Joriy mavsumda polshalik forvardning samaradorligi tushib ketgani bois kataloniyaliklar eng katta maosh olayotgan Levandovskidan qutilishga harakat qilayotgani haqida ko‘plab ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Aksariyat manbalar 35 yoshli hujumchi kelasi yoz Saudiya Arabistoniga transfer qilishini ta’kidlagan. Biroq futbolchining o‘zi bu taxminlarga javoban Kataloniyada qolishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!