Levandovski kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashini aytdi

“Barselona” to‘purari Robert Levandovski Kataloniya klubini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar anchadan beri tarqatilmoqda.

Bunga klubning moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgani va eng katta maosh olayotgan polshalik hujumchidan qutilish orqali vaziyatni engillashtirishga urinayotgan sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

 Saudiya Arabistoni klublari 35 yoshli forvard uchun yaxshigina xarajat qilishga tayyorgilini bildirgan.

Levandovskining o‘zi “Barsa”dan ketishga shoshilmayotganini ta’kidladi. Robert yana kamida bir yil shu erda qoladi.

Tajribali to‘purarga jamoa nufuzli sovrinlarga da’vogarlik qila olmayotgani yoqmayapti. Shunday bo‘lsa-da, u jamoada qolib, bosh murabbiy Xavi Ernandesni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!