Liga 1da mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 29 may, 2023, 14:13
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe qatorasiga to‘rtinchi marta Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Parijliklar hujumchisi Professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) tomonidan Frantsiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrinini Frantsiya terma jamoasi ustozi Dide Desham qo‘lidan oldi.

Mbappe bu sovrinni 2019, 2021 va 2022 yillarda qo‘lga kiritgan. Mukofot 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli topshirilmagan.

Lionel Messi (PSJ), Jonatan Devid ("Lill"), Seko Fofana va Loi Openda (ikkalasi "Lans") ham sovringa da’vogarlik qilishdi.

Mbappe Liga 1da 33 ta o‘yinda 28 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!