"Liverpul" 35 yoshli darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 10 avgust, 2019, 20:31
  • 0
  • Futbol

Kutilmaganda Alisson jarohat olgach “Liverpul” transfer bozorida erkin agent bo‘lib turgan tajribali posbonlarni qidirishni boshlab yubordi.

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar 35 yoshli Endi Lonerganni tarkibga jalb etishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, ushbu darvozabon mavsumlar oralig‘ida AQShda “Liverpul” safida ko‘rikda bo‘ldi va xatto o‘yinlarning birida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, garchi APLda yozgi transferlar oynasi yopilgan bo‘lsada, jamoalar erkin agent maqomidagi futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shifokorlar Alissonning kamida 4-6 hafta maydonga tusholmasligini aytishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!