“Liverpul” Brunu Fernandeshning vorisini chaqiryapti

  • 20 may, 2021, 06:55
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoa hujumkorligini oshira oladigan futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bosh murabbiy Yurgen Kloppga “Sporting”da o‘ynayotgan Pedru Gonsalvesh nomzodi ma’qul kelmoqda.

22 yoshli portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi “Sporting” tarkibida o‘tgan yili “Manchester Yunayted”ga o‘tib ketgan Brunu Fernandeshning o‘rnini to‘liq bosa oldi va jamoa etakchisiga aylandi.

Gonsalvesh joriy mavsumda 20 ta gol va uchta golli pasi bilan “Sporting”ni chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi.

“Liverpul” mutasaddilari “Sporting” rahbariyatini etakchi futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish qiyin bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!