"Liverpul" darvozaboni Adrian: "2 hafta oldin men qayerda o‘ynashimni bilmas edim"

  • 15 avgust, 2019, 16:16
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi darvozaboni Adrian Kastilo UEFA Superkubogi g‘olibiga aylanganidan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bir oy oldin men o‘z murabbiyim bilan va do‘stlarim bilan Ispaniyada ishladim. 2 hafta oldin qayerda o‘ynashimni bilmas edim - Ispaniyada yoki boshqa Ligada. Keyin "Liverpul" varianti paydo bo‘ldi. Bu mening hayotimda qabul qilgan eng muhim qaror bo‘ldi.

Men imkoniyatga ega bo‘lishimni bilardim, ammo bunchalik tez sodir bo‘lishini kutmagan edim. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman va futbolchilar boshidanoq menga yordam berishlaridan g‘ururlandim. Ular meni ochiq qo‘l bilan kutib olishdi. Bu aql bovar qilmaydigan oqshom edi.

Rostini aytsam, darvozabon uchun penalti biroz omadga bog‘liq, chunki siz to‘g‘ri yo‘nalishda sakrashingiz va eng yaxshi tarzda o‘ynashingiz kerak. So‘nggi penaltida chap tomonga sakradim, lekin oxirigacha kutdim va o‘ng oyog‘im bilan to‘pni qaytardim.

Men tizzam bilan yiqildim, yigitlar va murabbiyning yugurishini kutdim. Hamma sakrab tushdi. Men videoni qayta ko‘rib chiqishim kerak. Chunki ko‘pchilik menga qahramon sifatda qaramoqda. Bu umrim davomida eslab qoladigan aql bovar qilmas lahzalar edi.

Darvozabonning hayoti shunday. Hamma narsaga tayyor turish kerak. Men Alisson o‘tgan mavsum klubda va terma jamoada ajoyib o‘yin namoyish etganini bilardim. Ammo men u bilan asosiy tarkib uchun kurashishga, raqobatlashishga va uning rivojlanishiga yordam berish uchun keldim. Sog‘lom raqobat ikkalamiz uchun ham, klub uchun ham yaxshi.

U o‘yin oldidan menga "Omad tilaymiz, amigo" deb yozdi va men unga minnatdorchilik bildirdim. Bu juda yoqimli edi, men u bilan ishlashda o‘zimni juda qulay his etyapman. U tez orada sog‘ayib ketishiga umid qilaman," - dedi Adrian.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!