"Liverpul" muxlislari kutmagan futbolchini tarkibga qo‘shib olmoqchi (FOTO)

  • 24 aprel, 2020, 10:14
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi mavsumlar oralig‘ida erkin agentga aylanadigan "Chelsi" vingeri Villianni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Liverpool Echo tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar allaqachon 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan bu borada muzokaralarni boshlab yuborishgan. Bu borada ularga APLning boshqa bir grandlari - "Arsenal" va "Tottenxem" raqobat ko‘rsatishi mumkin.

"Liverpul" rassmatrivaet variant s podpisaniem Villiana

Villian “Chelsi” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U bu mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!