Luisma Ernandes "Metallurg"ning mag‘lubiyati sababini aytdi

  • 7 oktabr, 2022, 22:52
  • 0
  • Futbol

Coca-Cola Superligasi 21-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Bunyodkor” (1:2) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes uchrashuvdagi xatolar, jarohatlanganlar va taktika haqida gapirdi.

Mag‘lubiyatga faqatgina o‘zimiz tanlagan taktika va bizning xatolarimiz sababchi. Raqib esa vaziyatlarni gol bilan yakunlab g‘alaba qozondi”, - dedi Ernandes.

“Bugun Bektemir Abdumannonov orqali ko‘proq hujumlar uyushtirishni reja qilgan edik va bu rejamiz amalga oshmadi. U iste’dodli futbolchi va uning yordami bizga as qotishi kerak edi”.

“Damir Temirovda jarohat bor, qachon tuzalsa keyin maydonga tushiramiz. Bugun uni tarkibga kiritib tavakkal qilmadik. Keyingi o‘yinlarda albatta yordam beradi. Kelgusi o‘yinlarda bugungidek xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib faqat oldinga qarab intilamiz”.

 

Manba: pfl.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!