Maksim Shatskix mavsum davomidaeng noqulay bo‘lgan raqib qaysi ekanligini aytdi (intervyu)

  • 30 noyabr, 2022, 21:04
  • 1
  • Futbol

Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix O‘zPFL matbuot xizmati bilan suhbatda yakuniga etgan mavsum taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Kichik intervyu davomida “sherlar” ustozi bir nechta qiziqarli savollarga javob berib o‘tdi.

“Paxtakor ko‘rsatgan natijadan kelib chiqsak, biror jamoada o‘yin falsafasini o‘zgartirish uchun yarim yil etarli muddat deb hisoblaysizmi?

-  Vaziyatdan kelib chiqib, jamoamdagi futbolchilarning yuqori intellekt egasi ekanligini aytib o‘tishim joiz. Biz taklif qilgan narsalarni ular yaxshi “hazm qila olishdi". Mavsum yakuni ko‘rsatdi-ki, bu ish berdi. Eng muhimi, futbolchilarimiz tavsiyalarimizni eshitib, amalda ko‘rsatishdi. Sezgan bo‘lsangiz, jamoa o‘yinini o‘zgartira oldik. Bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz. Ishonchim komil, kelasi mavsumda bundan ham kuchliroq va tezkorroq “Paxtakor”ni ko‘rasiz.

Mavsum yakuniga etdi. Shu chempionat davomida jamoangiz 2023 yil uchun ham qadam tashlay oldimi yoki bu masalaga endi kirishiladimi?

-  “Paxtakor”da vazifa doim oddiy bo‘lgan. Qanday musobaqada ishtirok etishidan qat’i nazar, chempionlikdan boshqasini o‘ylamaymiz. “Paxtakor” bu o‘zbek futbolining bayroqdor jamoasi.

O‘zbekiston chempionati MDH davlatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyin uchunchi deya e’tirof etiladi. Bunga munosabatingiz?

-   Bu fikrga qo‘shilaman. Jamoalar va o‘yin tempi borasida katta ehtimol bilan 3-o‘rindamiz. Shunga qaramay, bahsning tempini biroz yo‘qorilashini istayman. Kamroq pauza va tushanarsiz vaziyatlar maydonda bo‘lmasligini xohlayman. Yildan yilga sifat va tezlikni oshirib borishimiz shart. O‘ylashimcha, muxlislar ham sekin-asta barcha stadionlardagi tribunalarga qaytadi.

Chempionat tempi borasida qanday fikrdasiz?

-  Yana takrorlayman, iloji boricha kamroq to‘xtalish bo‘lishi kerak. Ishqibozlar uchun bu zerikarli. Futboldagi ayyorliklardan qochishimiz shart. Ana shunda, fanatlar uchun futbol tomosha qilish yanada zavqliroq bo‘ladi.

Bu yilgi chempionatning milliy terma jamaoga ta’siri haqida nima deya olasiz?

-  Chempionat bu milliy terma jamoaning yuzi. Agar ichki birinchilik kuchli bo‘lsa, undagi ijrochilarning eng saralari ko‘zga tashlanadi. Terma bundan faqat yutadi. Boshqa tomondan olib qaralsa, kuchli jamoalarning akademiyalaridagi sharoitlarni yaxshilash zarur. Iqtidorli yoshlar turli jamoalarda to‘p surish orqali bosh jamoaga qadar etib keladi. Ko‘proq maydonlar qurish shart. Ular telefon va turli gadjetlarga vaqtini sarflamasligi uchun ham ko‘chalarda maydonlar bo‘lishi shart. Asosiysi, yoshlarni yo‘qotib qo‘ymaslik. Ular bizning kelajagimiz.

Mavsum davomida “Paxtakor” uchun eng noqulay raqib qaysi bo‘ldi va eng mashaqqatli to‘qnashuv kim bilan kechdi?

-  “Nasaf” bilan o‘z uyimizdagi bahs ko‘ngildagidek o‘tgani yo‘q. Biz kutgandek bo‘lmadi. AGMK bilan uchrashuv menga manzur keldi. Menimcha, bu futbol o‘ynashga harakat qiladigan jamoalar o‘rtasidagi bahs bo‘ldi. Premetiv futboldan qochadigan jamoalar bilan to‘p surish har doim yoqimli. Ayniqsa, ular ustidan g‘alaba qozonish ikki hissa maroqli. Bu erdagi vaqtimda bizga juda noqulay bo‘lgan jamoa hozircha uchragani yo‘q.

maks2

O‘zPFL o‘yin vaqtini sun’iy cho‘zishga intilayotgan  futbolchilar va klublarga qarshi chora ko‘rish mexanizmini ishlab chiqmoqda. Bunga munosabatingiz qanday?

-  Yana takrorlayman. To‘p olib berib turuvchi bolalar ham chaqqonroq bo‘lishi shart. Agar futbolchi qandaydir jarohat olsa, darrov mashina maydonga kirib kelishi va uni olib ketishi kerak. Barchasi tempning tushishiga sabab bo‘ladi. Agar shifokorlar tezda mashinada futbolchini maydon chetiga olib chiqib yordam ko‘rsatmasa, temp tushib ketaveradi. Bu barchasi bilgan ayyorliklar. Shu va boshqa vaqtni cho‘zishga qaratilgan harakatlardan qutilish kerak.

Abbos Fayzullaev va u singari yosh futbolchilarni kuchliroq chempionatlarga tezroq ketishi kerak deb hisoblaysizmi yoki hali ertami?

-  Hali erta. Vaqti keladi. Men ular bilan bu borada gaplashib turaman. Hali ko‘p harakat qilishi, maydonda o‘zini ko‘rsatishi shart. Vaqti kelganida kelajakdagi ulkan g‘alabalar uchun ketishga to‘g‘ri keladi, ammo hozir emas. Bunga biroz erta.

SHatskih

“Paxtakor” 2023 yilgi OChL guruh bosqichida shu tarkib bilan ham muvaffaqiyatga erishishi mumkinmi?

-  Albatta! Hozircha, hech qanday vazifa qo‘yilgani yo‘q. Nima bo‘lganda ham maksimum natijaga erishishga harakat qilamiz. OChLda g‘alaba qozonish asosiy vazifamiz. Hozircha, guruhdan chiqish haqida o‘ylayapmiz. Buning imkoni bor emas, biz bunga majburmiz. Qishda tarkibni kuchaytiramiz. Vaqti kelganda hammasini ko‘rib olamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
01/12/2022 11:00
Haqiqatdan uyinni tempini tushurib maqsadiga erishadigan ayrim kamandalarga chora kurish kerak ushanda. kelajakka chetka chiqqan kamandalarimiz ham MTJ ham yutadi. shu yil ochiqchasiga musur uyinla kup buldi. sudiyaniki aytmasa ham buladi. sudiyala bu yildan sanoqli qolsa kerak. har qalay kupgena sudiya fijdon azobidan. kuchaga ham bola chaqasini kuziga ham qaramay quydi.