Manba: Tibo Kurtua el-klasikoda jamoasiga yordam bera olmaydi

  • 14 oktabr, 2022, 16:58
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid asosiy darvozaboni Tibo Kurtua "Barselona"ga qarshi el-klasiko o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli "Marca" nashri xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, u hali jarohatdan to‘liq tiklanmagan. Shu tariqa, katta ehtimol bilan "Real" - "Barselona" o‘yinida mezbonlar darvozasini Andrey Lunin qo‘riqlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, el-klasiko 16 oktyabr kuni 19:15 da start oladi. Ayni paytda ikki jamoa bir xil 22 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining birinchi va ikkinchi pog‘onasini band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!