“Manchester Yunayted” “Chelsi” futbolchisi bilan muzokarani boshladi

  • 17 iyun, 2020, 16:16
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”dan ketishga yaqin turgan hujumkor futbolchi Villian faoliyatini manchesterliklar safida davom ettirishi mumkin.

Sulsher 31 yoshli vinger jamoa hujumini kuchaytirishda yosh forvardlar Antoni Marsyal, Markus Reshford va Meyson Grinvudga ko‘maklashishiga ishonmoqda.

Villianning  “Chelsi” bilan shartnomasi shu oy oxirida yakunlanadi. Uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda tomonlar bir to‘xtamga kela olmadi. Braziliyalik tajribali futbolchi kelishuvni 3 yilga uzaytirmoqchi edi. London klubi o‘z printsiplaridan kelib chiqib, 30 yoshdan oshgan futbolchiga ikki yildan ko‘p shartnoma taklif qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!