"Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni Marsyal jamoasini o‘zgartirish niyatida emas. U klubda asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qilgan. 

Hozirda hujumchiga "Marsel", "Fenerbaxche" va Saudiya Arabistonining bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq u barcha takliflarni rad etgani aytilyapti.

Ma’lum bo‘lishicha, Antoniga yangi shartnoma taklif qilinishi dargumon. Bu esa frantsuzning klubni erkin agent sifatida tark etish ehtimoli yuqoriligini anglatadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!