"Manchester Yunayted" himoya markaziga ikkita futbolchi topdi

"Manchester Yunayted" yangi markaziy himoyachi izlashda davom etmoqda.

Jurnalist Nizar Kinsellaning fikricha, mankunianliklarnnig radarida "Everton" futbolchisi Jerred Brantueyt va "Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todibo turibdi.

Biroq ikki futbolchining ham qishdayoq "Old Trafford"ga o‘tishi dargumon. "Nitstsa" Todibo uchun 60 million evro, "Everton" esa Brantueyt uchun 100 million evro so‘ramoqda. "Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida buncha pul sarflamoqchi emas. Klub rahbariyati kelasi yozda Brantueyt yoki Todiboni sotib olishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!