“Manchester Yunayted”: Ronaldu chetda qolib ketdi!

  • 28 iyun, 2022, 15:04
  • 2
  • Futbol

Britaniyaning  FOURFOURTWO nashri “Manchester Yunayted” tarixidagi eng zo‘r futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Klubning ayni paytdagi etakchisi Krishtianu Ronaldu ushbu reytingda kuchli o‘nlikka kira olmadi.

Nashr reytingida “Manchester Yunayted” tarixidagi eng kuchli o‘yinchi sifatida Rayan Giggz qayd etilgan. Kuchli uchlikdan Bobbi Charlton va Jorj Best o‘rin oldi.

Ulardan keyingi pog‘onalarni Brayan Robson, Erik Kantona, Denis Lou, Dunkan Edvards, Peter Shmeyxel, Ueyn Runi va Pol Skoulz egallagan.

Krishtianu Ronaldu esa 12-qatorda qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
СардорТЗ
29/06/2022 08:23
Sport uz ni qiladigan ishi faqaaaat SHOMURODOV VA RONALDU
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/06/2022 07:29
Krish. bulani hammasidan zur. kursatkan natijasini uzi ham aytib turibti