“Manchester Yunayted” to‘rt hujumchiga ko‘z tikyapti

“Manchester Yunayted” rahbariyati hujum chizig‘ini kechaytirishni rejalashtirmoqda. Klub xo‘jayinlari yanvarda va mavsum tugaganidan keyin Jeydon Sancho, Antoni Marsyal kabi hujumkor futbolchilardan voz kemoqchi.

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari jamoaga taklif etiladigan  to‘rt nafar hujumchining ro‘yxatini tuzdi.

Unga ko‘ra, manchesterliklar “Bavariya”dan Erik Maksim Shupo-Moting va Tomas Myuller, “Leyptsig”dan Timo Verner va “Shtutgart”dan Seru Girassi bilan hamkorlik qilishni mo‘ljallagan.

Hozircha, jamoaning asosiy hujumchilari – Markus Reshford va Rasmus Xyoylunn to‘purarlik mahoratini ko‘rsata olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!