“Manchester Yunayted” yangi hujumchi topdi. Transfer yaqin

“Portu” hujumchisi Evanilson yanvar oyida Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda taniqli insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” mutasaddilari 24 yoshli forvard transferi bo‘yicha ishga kirishgan. 

Hujumchini qo‘lga kiritish uchun manchesterliklar “Arsenal” va “Inter” kabi superklublar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Evanilson “Portu”da 2020 yildan beri to‘p tepyapti. U joriy mavsumda 20 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!