“Manchester Yunayted” yulduzi ketadigan bo‘lyapti

  • 30 dekabr, 2021, 21:04
  • 0
  • Futbol

Todofichajes nashri “Manchester Yunayted” asosiy darvozabon David de Xeani qo‘ldan chiqarishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida bir to‘xtamga kelisha olmayapti. Ispaniyalik posbon Angliya premer-liga darvozabonlari orasida eng katta maosh oladigan futbolchi hisoblanadi.

David de Xeaning Manchesterdan ketishini intizorlik bilan kutayotgan klublar ham yo‘q emas. Xususan, Janluiji Buffon ketganidan keyin mahoratli darvozabonga ehtiyoj sezayotgan “Yuventus” ispaniyalik posbonga ish taklif qilishga tayyor.

2011 yildan beri “Manchester Yunayted” darvozasini sadoqat bilan qo‘riqlayotgan de Xev joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda qatnashib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!