Manjukich faoliyatini MLSda davom ettirishga juda yaqin turibdi

  • 14 sentabr, 2019, 10:15
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Mario Manjukich faoliyatini MLSda davom ettirishga tayyor. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi jamoani tark etish ehtimoli mavjudligi sabab A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan “Fiorentina”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda AQShning “Los-Anjeles” klubi Manjukichga uzoq yillik shartnoma taklif qilmoqda. Bundan avvalroq esa unga Qatar klubi ham qiziqish bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Manjukich “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 162 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 44ta gol hamda 24ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!