Manjukich "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 17 oktabr, 2019, 22:18
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Mario Manjukich katta ehtimol bilan faoliyatini "Milan"da davom ettiradi. Bu haqda Il Giornale nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar 33 yoshli xorvatiyalik futbolchining shartnoma bandlari borasida kelishuvga erishishgan. Biroq, ushbu transfer qishda amalga oshiriladimi yoki mavsum yakunlangachmi, bu hali noma’lum.

Ta’kidlash kerakki, Manjukich “keksa sinora”ning amaldagi bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining rejalariga kirmaydi va shu bois tezroq jamoasini o‘zgartirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Manjukichga MYu va “Inter”dan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!