Manjukich o‘zbekistonlik futbolchining jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 12 sentabr, 2020, 19:10
  • 0
  • Futbol

Moskvaning "Lokomotiv" klubi hamon erkin agent maqomida bo‘lgan Mario Manjukichga qiziqish bildirmoqda.

Rossiyaliklar 34 yoshli forvard bilan muzokara o‘tkazmoqda. Iyul oyida ham "temiryo‘lchilar" xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirgandi.

Manjukich qishda "Al-Duxayl" jamoasi safiga qo‘shilgandi. Hujumchi arab klubida 7 ta uchrashuvda bitta gol urishga erishdi.

Xorvatiyalik futbolchi faoliyati davomida "Bavariya", "Atletiko" va "Yuventus" kabi jamoalarda to‘p tepgan. U terma jamoa libosida 89 ta bahs o‘tkazgan va 33 ta golga mualliflik qilgan.

Yozgi transferlar oynasida "Lokomotiv" o‘z safiga hamyurtimiz Jasur Jaloliddinovni qo‘shib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!