Manjukich Qatar klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

  • 25 dekabr, 2019, 12:24
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor "Yuventus" klubi forvardi Mario Manjukich kecha Qatarning "Al-Duxail" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi qatarliklar bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. U ushbu vaqt ichida jami 12 mln evro maosh oladi.

O‘z navbatida turinliklar uning transferi ortidan 5,5 mln evro ishlab olganliklari ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Manjukich “Yuventus”da 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U joriy mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!