Manjukich yana "Bavariya"ga qaytishi mumkin

  • 10 iyul, 2019, 16:04
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubi forvardi Mario Manjukich A Seriyani tark etib, yana Bundesligaga qaytishi mumkin. Bu haqda Sportbild nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli xorvatiyalik futbolchiga “Bavariya” qiziqish bildirmoqda. Aytish lozimki, Manjukich ushbu jamoada 2012-2014 yillarda to‘p surgan.

Myunxenliklar Manjukichni asosan Levandovskiga o‘rindosh sifatida ko‘rishmoqda. Biroq, undan qanot vingeri sifatida ham foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Manjukich o‘tgan mavsum A Seriyada jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!