Manjukich yozda MYu ga o‘tmaganidan afsuslanmoqda

  • 30 sentabr, 2019, 16:33
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Mario Manjukich jamoadagi holatidan norozi va u qishda jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi mavsumlar oralig‘ida “Manchester Yunayted”ning taklifini rad etganidan afsuslanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra “qizil iblislar” Manjukichning vaziyatidan kelib chiqib u bilan qishki transferlar davrida ham aloqaga chiqishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Manjukichni 10 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!